Latviyaning Latitude Yachts verfi suvga 53 metrli uch korpusli superyaxtalarni tushirdi. Bu yaxtalar BAAdagi mijozlar uchun qurilgan. Bu haqda Yacht Harbour ma'lum qildi.
Galaxy ("Galaktika") va Galaxy of Happiness ("Quvonch galaktikasi") deb nomlangan kemalar dunyodagi eng katta trimaranlar hisoblanadi. Ular suzish sinovlaridan o‘tgandan keyin buyurtmachilarga topshiriladi. Ikkala yaxta ham bir loyiha bo‘yicha yaratilgan, uning dizaynini taniqli dengiz arxitektori Jan-Jak Kost yaratgan. Kemalarning maksimal tezligi sotiga 52 km ni tashkil qiladi. Kuch qurilmalari har biri 1300 ot kuchiga ega MTU dvigatellaridan iborat. Kema korpuslarida fiberglass va ugletoladan foydalanilgan. Har bir yaxta 6 ta kayutada 6 yo‘lovchini sig‘dira oladi va 4 kishidan iborat jamoa tomonidan boshqarilishga mo‘ljallangan.
Yaxtalar narxi va uning buyurtmachilari nomi oshkor qilinmagan.
Latitude Yachts – Rigada joylashgan kemasozlik verfi bo‘lib, motorli yaxtalar va ko‘ngilochar kemalarni qurishga ixtisoslashgan. Jumladan, verf Moskvaning Radisson Royal mehmonxonasiga ikkita lyuks sinfidagi muzyorar kemalarni qurib bergan. Ular Moskva daryosida sayr-restoranlar sifatida ishlatiladi.
Trimaran – bir-biriga umumiy paluba bilan bog‘langan parallel joylashgan uch korpusdan iborat kema.