Futzal bo‘yicha o‘zbekistonliklar birinchi uchrashuvni panamaliklarga qarshi o‘tkazadi

Sport 15:20 / 20.05.2016 5260

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhidan joy oldi. Uning raqiblari Kolumbiya, Portugaliya va Panama hisoblanadi.

O‘zbekistonlik sportchilar ilk uchrashuvni 10 sentabr kuni, Kali shahrida Panamaga qarshi o‘tkazadi. Aynan shu kuni Kolumbiya va Portugaliya jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Chorak finalga har bir guruhdan birinchi va ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan milliy terma jamoalar yo‘l oladi. Eng yaxshi natija bilan uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritigan to‘rtta jamoa ham keyingi bosqich bahslariga kirishadi.

Ma'lumot uchun, musobaqa 10 sentabrdan 1 oktabrga qadar o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: