"Frants-Iosifning Yerdan chiqindilarni yig‘ib olish ishlari iyul oyida boshlanadi", - dedi tabiiy resurslar va ekologiya vaziri Sergey Donskoy RIA “Novosti”ga bergan intervyusida.
"Bu yil Frants-Iosifning Yer arxipelagi orollarini tozalash ishlarini davom ettirish rejalashtirilmoqda. Bu ish taxminan iyulning ilk kunlaridan boshlanadi", - dedi Donskoy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha qiyinchiliklarga qaramay Arktika hududini tozalash vazirlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi, shu munosabat bilan besh yil avval Rossiya prezidenti topshirig‘i asosida muvaffaqiyatli boshlangan jarayon to‘xtab qolmasligi uchun astoyidil harakat qilinmoqda.
"Bu yil vazirlik tomonidan to‘planib qolgan ekologik zararni bartaraf etishda mintaqalarga subsidiya taqsimlash mexanizmi ishlab chiqildi. Ushbu moliyaviy instrument ko‘zlangan maqsadlarni ishonchli amalga oshirishni ta'minlaydi. Hozirda hujjat muvofiqlashtirilmoqda, shundan so‘ng u Rossiya hukumatida yo‘lga qo‘yiladi", - qo‘shimcha qildi Donskoy.
Vazirning yodga solishicha, 2012 yildan beri Aleksandra, Guker, Xeys, Gofman va Grem-Bell yerining ifloslangan orollarida tozalash ishlari olib borilmoqda. 2012-2015 yilda amalga oshirilgan ishlar natijasiga ko‘ra, chiqindilar hajmi 35 ming tonnaga qisqargan.