Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning bayonot berishicha, u YeI turk fuqarolariga nisbatan vizasiz bordi-keldini joriy qilmagan taqdirda ham asabini buzmaydi.
Turkiya rahbari matbuot kotibi Ibrohim Kalinning aytishicha, uning mamlakati viza tartibini bekor qilish bo‘yicha YeI talabini bajara olmaydi. Rasmiy Bryussel, turkiyaliklarning Yevropaga vizasiz kira olishlari uchun Turkiya aksilterroristik qonunini o‘zgartirishni talab qilgan edi.
"YeI ertami-kechmi, qachondir Turkiyaga nisbatan viza tartibini soddalashtiradi. Bunga ishonaman, ammo bu voqelikka aylanmagan taqdirda ham Turkiya rahbari sifatida asabimni buzib o‘tirmayman. Afsuski, hozirgi Yevropa ikkiyuzlamachilik qilmoqda, bir tomondan Lotin Amerikasining ba'zi davlatlari fuqarolari uchun viza tartibini yengillashtirmoqda, ikkinchi tomondan, YeIga a'zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgan Turkiya fuqarolari uchun vizalarni saqlab turibdi", — degan Erdo‘g‘an ATV telekanalidagi chiqishida.
Uning yodga olishicha, Turkiya 1963 yildan beri YeIga a'zo bo‘lish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
"Bir paytlar, 15ta davlat YeI a'zosi edi, keyinroq uning safi 28tagacha kengaydi. Ammo hamon tashkilot bizga nisbatan kerakli qadamni tashlagani yo‘q", — deb o‘z afsusini izhor qilgan Turkiya rahbari.