Angolada to‘rt oy ichida 300 nafar kishi sariq bezgak qurboni bo‘ldi

Jahon 09:46 / 20.05.2016 4029

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) sariq bezgak bilan kasallangan 2,4 ming holatni qayd etdi, shu jumladan Angolada to‘rt oy ichida 300 nafar kishi undan halok bo‘ldi. Bu haqida BSST bosh direktorining yordamchisi Bryus Eylvard ma'lum qildi. 

"Yuqori o‘lim ko‘rsatkichi kasallikning "portlovchi" tabiatga ega ekanligini hamda uning butun dunyo bo‘ylab tarqalish xavfi borligini tasdiqlaydi", - deydi Reyter agentligi. 

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda sariq bezgakning avj olishi sog‘liqni saqlash sohasida dunyo miqyosidagi favqulodda holat hisoblanmaydi, uni zahiradagi vaksinalar yordamida bartaraf etish mumkin. Biroq shahar hududida kasallikning yangi o‘choqlari paydo bo‘lsa, vaziyat murakkablashishi mumkin.

Kasallik bilan kurashish uchun BSST joriy oyning oxiriga qadar butun dunyo aholisini yetti million doza vaksina bilan ta'minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. BSST dozalar soni cheklanganligini bildirdi. 

Tashkilot Angola va KDRda ommaviy vaksinatsiya o‘tkazishni va kasallik tashuvchi chivinlarning ko‘payishini nazorat qilishni maslahat beradi.
Sariq bezgak - o‘tkir yuqumli kasallik. U chivinlar orqali yuqadi. Kasallik tropik va subtropik mamlakatlarda keng tarqalgan bo‘lib, uning alomatlari - yuqori tana harorati, umumiy holsizlik, og‘iz bo‘shlig‘ida, oshqozon va ichaklardan qon kelishi, jigar va buyraklarning shikastlanishi, sariq kasal. Sariq bezgak o‘lim bilan tugash xavfi yuqori bo‘lgan o‘ta og‘ir infeksiyalar qatoriga kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: