EgyptAir aviakompaniyasining halokatga uchragan A320 samolyoti bortida Amerikaning Procter & Gamble (P&G) kompaniyasiga qarashli zavod direktori ham bo‘lgan. Bu haqida The Washington Times nashri kompaniya xodimlaridan birining so‘zlariga tayanib xabar beradi.
Fransiyaning Amen shahridagi zavodni boshqarib kelayotgan Ahmad Halol 15 yil davomida kompaniyaning turli lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.
Kompaniyaning xabar berishicha, P&G xodimning qarindoshlari bilan aloqaga chiqib, ularni bu og‘ir vaziyatda to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilgan.
Parijdan Qohiraga uchayotgan EgyptAir aviakompaniyasining A320 samolyoti O‘rta yer dengizi ustida radarlardan yo‘qolib qolgan.
Bort raqami MS804 bo‘lgan bu samolyotda 66 nafar kishi (ulardan 56 nafari yo‘lovchilar va 10 ta ekapaj a'zolari) bo‘lgan. Ular orasida 30 nafar Misr fuqarosi, 15 nafar fransuz fuqarosi, shuningdek, 11 nafar boshqa davlat vakili bo‘lgan.