AQSh sun'iy yo‘ldoshlaridan olingan suratlar A320 bortida portlash bo‘lgani to‘g‘risidagi taxminlarni inkor etmoqda

Jahon 10:31 / 20.05.2016 5295

Yer sun'iy yo‘ldoshlari tomonidan olingan suratlar tahlili, EgyptAir aviakompaniyasiga tegishli A320 samolyoti, uning bortida yuz bergan portlash tufayli radarlardan yo‘qolib qolgan, degan taxminni inkor etmoqda. 

Bu haqda AQShning bir necha ma'muriyati mulozimlari Reuters agentligiga bergan maxfiy suhbatida ma'lum qilishgan. 

Manbalarning qayd etishlaricha, Qo‘shma Shtatlar, hozircha samolyotning qulashiga oid har qanday ehtimolni rad etmaydi. Ular orasida, jumladan, samolyotga yetkazilgan mexanik talofat yoxud terrorizm qatori uchuvchi va ekipaj a'zolarining qasddan amalga oshirgan harakati kabi taxminlar ham bor. 

Bundan avvalroq, OAV EgyptAir va grek mulozimining so‘zlariga tayangan holda, O‘rta yer dengizida samolyot bo‘laklari topilgani to‘g‘risidagi xabarlar xatoligi xaqida ma'lum qilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, EgyptAir aviakompaniyasining Parijdan Qohiraga parvozni amalga oshirayotgan Airbus A320 samolyoti 19 may kuni tongda O‘rta yer dengizi osmonida radarlardan yo‘qolgan edi. Uning bortida bir necha mamlakat fuqarolari bo‘lgan. Hozirda, 56 yo‘lovchi, 7 nafar ekipaj a'zosi va 3 nafar xavfsizlik xodimining taqdiri noma'lum. 

Ayrim jahon davlatlari ma'murlari, hodisaga samolyot bortida sodir etilgan terakt sabab bo‘lgani xususida o‘z taxminlarini bildirgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: