AQSh yaqin orada harbiy maslahatchilarini Liviyaga yuboradi

Jahon 08:52 / 20.05.2016 2918

AQSh va Liviya istalgan vaqtda IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashish borasida shartnomaga kelishi mumkin. Bunga ko‘ra, AQSh Liviyaga mahalliy harbiylarni o‘qitish uchun o‘z harbiylarini jo‘natadi. Bu haqda 19 may kuni AQSh qurolli kuchlarining qo‘mondonlar shtabi qo‘mitasi rahbari general Jozef Danford ma'lum qildi, deya yozmoqda The Washington Post gazetasi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “ayni damda kelishuv jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda”.  "Biz u yerga shartnoma tuzilmagunga qadar o‘z harbiylarimizni jo‘nata olmaymiz. Va, to‘g‘risini atganda, bu istlgan vaqtda yuz berishi mumkin", - dedi Danford o‘zidan intervyu olgan jurnalistga.

uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu dasturda ishtirok etishga NATOning ayrim a'zolari ham qiziqish bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: