Yaponiya hukumati, 2020 yildan haydovchisiz taksilarga ruxsat berish bo‘yicha qaror qabul qildi, deb xabar qilmoqda NHK telekompaniyasi.
Boshqaruvchi va ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan bir nechta shartlar bajarilgan taqdirda, haydovchi talab qilinmaydigan va o‘zi boshqariladigan taksilardan 2020 yili bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlarida foydalanish mumkin bo‘ladi.
Xususan, shunday taksi ishtirokida sodir etilgan YTH uchun javobgarlikka transport kompaniyasi mas'ul bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, bu kabi taksilar yo‘nalishga rioya etishi va zarur bo‘lgan hollarda uni to‘xtatish imkonini beruvchi masofadan boshqarish tizimi bilan jihozlanishi shart.
Hukumat mamlakat qonunchiligiga zaruriy o‘zgartirishlar kiritish va bunday taksilar sinovini tezlashtirishga turtki berish niyatida.