O‘zbekiston “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi Jizzax shahar partiya tashkiloti Kengashi tashabbusi bilan, O‘zMTDP saylovoldi platformasining yoshlarga oid vazifalari ijrosini ta'minlash maqsadida Jizzax shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi, Jizzax Davlat pedagogika instituti, Jizzax San'at kasb-hunar kolleji, Jizzax shahar Madaniyat va sport ishlari bo‘limi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston yoshlari: biz hech kimdan kam emasmiz va kam bo‘lmaymiz” shiori ostidagi yoshlar festivali doirasida iqtidorli yoshlar ishtirokida jonli ijrodagi konsert dasturini tashkil etdi.
turli festival va tanlov g‘oliblari uchun ijodiy maydon yaratishdan iboratdir.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi tomonidan saylovoldi dasturda belgilangan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini namoyon etishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda- deydi O‘zMTDP Jizzax shahar partiya tashkiloti Kengashi raisi N.Muxtorova.
Darhaqiqat, yoshlar - mamlakat kelajagi, jamiyatning tayanchi va ajralmas qismidir. Partiya yoshlarning salohiyatini, Vatanga xizmat qilishga yo‘naltirishni o‘z vazifasi deb biladi.
Kontsert dasturida Jizzax Javlat pedagogika instituti Musiqa fakulteti hamda Jizzax San'at kasb-hunar kollejida tahsil olayotgan, turli darajadagi musiqiy tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan yoshlar milliy hamda jahon musiqasi asarlarini jonli tarzda ijro etib, o‘zlarining bu boradagi qobiliyatlarini yana bir-bor sinovdan o‘tkazdilar.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Kengashi tuman (shahar) Kengashlari tomonidan mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar o‘tkazilishi davom etmoqda.
Jizzaxdan “Kun.uz” muxbiri Akmal Binokulov