Qimmatbaho toshlar narxi bo‘yicha yangi rekord Jyenevada, Christie's auksionida o‘rnatildi. “Oppengeymer moviy brillianti” nomli qayta ishlangan olmos 56,837 million Shveytsariya frankka (57,6 million dollar) sotildi. Bu haqda Reuters xabar qildi.
Ushbu 14,62 karatli (bir karat taxminan 0,2 grammga teng) tosh shu paytga qadar kim oshdi savdosiga qo‘yilgan qimmatbaho buyumlar ichida eng yirik yorqin-moviy brilliant hisoblanadi. To‘g‘riburchakli shakldagi brilliant uzukka ko‘z sifati taqdim etildi. U uzoq yillar davomida De Beers nomli dunyodagi eng katta olmos qazib olish kompaniyasini boshqargan Filip Oppengeymer nomi bilan ataldi.
Seshanba kuni Sotheby's savdo uyida kamyob turli noksimon shakldagi “Noyob pushti” (Unique Pink) nomli brilliant 30,8 million Shveytsariya frankiga (31,46 million dollar) sotilgandi. Bu pushtirang brilliantlar narxida o‘rnatilgan bo‘ldi.
Shu paytga qadar dunyodagi eng qimmatbaho tosh deb 12,03 karatli “Moviy Oy” nomli brilliant hisoblangan. O‘tgan yilning noyabrda u Jyeneva kim oshdi savdosida 48,5 million dollarga hongkonglik milliarder Jozef Lau tomonidan sotib olingan. U toshni 7 yoshli qizining tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilgan va farzandining sharafiga olmosni “Jozefinaning Moviy Oyi” deb qayta nomlagan.