O‘zbekistonlik uchuvchi boshqaruvidagi yuk samolyoti Afg‘onistonda halokatga uchrashi tufayli qurbon bo‘lganlar shaxsiga aniqlik kiritildi

Jahon 16:07 / 19.05.2016 12666

18 may kunining ikkinchi yarmida Ozarbayjon aviakompaniyasi hisoblanadigan Silk Way’ga tegishli An-12 rusumli yuk tashuvchi samolyoti halokatga uchrashi natijasida unda bo‘lgan 9 kishidan 7 nafari halok bo‘lgan, 2 nafari omon qolgan. Bu haqda Ozarbayjon Fuqarolik aviatsiyasi ma'lumotiga asoslanib, "Interfaks" agentligi xabar tarqatgan.

Aniqlik kiritilishicha, samolyotda bo‘lgan 2 kishi, Ukraina fuqarolari hisoblanadigan Andrey Ganja va Ramzi Aliyev Ramzi ayni vaqtda shifoxonada. Ularning ahvoli barqarorligi aytilgan.

Samolyot kapitani bo‘lgan o‘zbekistonlik Rashid Shaydanov, ikkinchi uchuvchi, Ozarbayjon fuqarosi Altay Abdullayev, ukrainalik texnik xodim Ruslan Zadnipryanets, shturman Nazim Asadullayev, radiooperat Firdavs Shaxverdiyev, bort operatori Azar Zulfiyev (barchasi ozarbayjonlik) halok bo‘lishgan.

Silk Way tomonidan ijaraga olingan AN-12 18 may kuni mahalliy vaqt bilan soat taxminan 14:30da Dvayyer aerodromidan havoga ko‘tarilganidan keyin Afg‘oniston hududida halokatga uchragan.

Ko‘proq yangiliklar: