O‘zbekistonlik ekspertlar logistika tajribasini o‘rganish uchun Niderlandiyaga boradi

O‘zbekiston 15:01 / 19.05.2016 3341

O‘zbekiston meva va sabzavotlarni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan savdo-logistika markazlarini tashkil etish va yuritish borasida holland kompaniyalari tajribalarini o‘rganishni rejalashtirgan. Bu haqda “O‘zbekoziqovqatxolding” vakiliga tayanib Sputnik xabar qildi. 

Manba xabariga ko‘ra, tomonlar delegatsiya tashrifini tashkillashtirish to‘g‘risida kelishib oldi. Delegatsiya tarkibiga meva va sabzavotlarni ishlab chiqarish hamda qayta ishlash sohasidagi o‘zbek ekspertlari hamda tadbirkorlar kirdi. Tashrif 22-27 may kunlariga belgilangan. 

“Niderlandiyaliklar bugungi kunda meva-sabzavotlar, go‘sht-sut mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda eksport qilish borasida Yevropada yetakchilardan hisoblanadi. O‘zbekiston bu yil kompleks savdo-logistika markazlari tarmog‘ini tashkil etish bo‘yicha taraqqiyot dasturi amaliyotini boshladi. Bu yerda agrar sektor mahsulotlari avvalgidek, nafaqat oddiy ombor binolarida saqlanadi, endi zamonaviy sovutish tizimlari ham paydo bo‘ladi. Shuningdek, markazlarda brend oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi tashkilotlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi”, - bildirdi korporatsiya vakili.

Bu O‘zbekiston uchun yangi yo‘nalish, shuning uchun sohada, ayniqsa, menejment va mahsulotlarni sertifikatlash standartlari sohalarida ilg‘or Yevropa tajribasini o‘rganish lozim. 

Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida yangi savdo-logistika komplekslarini tashkil etish uchun 11ta istiqbolli manzillar belgilab qo‘yilgan.

Ko‘proq yangiliklar: