O‘zbekiston charm-poyabzal ishlab chiqarish sohasiga 114 mln dollar sarmoya kiritadi

O‘zbekiston 07:22 / 19.05.2016 11259

"O‘zbekcharmpoyafzali" uyushmasi 2016-2020 yillarda 114,6 mln dollarlik 82 ta investitsion loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Uyushma ma'lumotlariga ko‘ra, 34 ta loyiha mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilishga qaratiladi, 48 ta loyiha bo‘yicha esa yangi korxonalar tashkil etiladi.

Bu loyihalarning amalga oshirilishi tovarbop mahsulotlar ishlab chiqarilishini 476,6 mln dollargacha oshiradi va eksport hajmi 301,2 mln dollargacha oshadi.

Xususan, uyushma Namanganda poyafzal ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Loyihaning qiymati 1,2 mln dollarni tashkil qiladi. Korxona ishlab chiqarish quvvati yiliga 400 ming juft poyabzalni tashkil qiladi.

Farg‘onaja charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqarish tashkil etiladi. Loyiha qiymati 2 mln dollarni tashkil qiladi. Korxona har yili 1,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqaradi.

Uyushma ma'lumotlariga ko‘ra, soha korxonalari 2016 yilda 484 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirishmoqda.

Xususan, korxonalar 8,745 mln juft poyafzal ishlab chiqarishni mo‘ljallashmoqda. Eksport hajmi 190,5 mln dollarni tashkil qiladi.

Uyushma 2016 yilda 18 mln dollarlik 9 ta investitsion loyihani amalga oshirmoqchi.

Ko‘proq yangiliklar: