Farg‘onada o‘tkaziladigan oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasidagi Universiada musobaqalarining final bosqichiga Andijon viloyati yoshlari ham puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ushbu musobaqalarda bu yil Andijondan 62 talaba-yoshlar ishtirok etadi, – deydi Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti dekani Botir Nosirov. – Sportchilarimiz musobaqalarga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rdi. Jamoaviy o‘yinlarda qo‘l to‘pi bo‘yicha qizlar, basketbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar jamoasi, shuningdek, suzish, yengil atletika, boks, stol tennisi, og‘ir atletika, shaxmat, taekvondo, dzyudo, erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha yuqori natijalarga erishish niyatidamiz. Sportchilarimizning shashti baland, faqat g‘alaba bilan qaytishni rejalashtirganmiz.
Ushbu sport turi bo‘yicha Universiada o‘yinlarida faqat g‘oliblikni ko‘zlagan Andijon viloyati jamoasi tarkibida Ra'no Omonova, Elmurod Xoliqov, Hasanboy Do‘stmatov, Feruzbek Matisayev kabi mamlakat va xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatga erishgan tajribali sportchilar bor.