O‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Vadim Skorovarov Rio–2016 o‘yinlariga yo‘llanma oldi

Sport 19:16 / 19.05.2016 6951

Xalqaro o‘q otish federatsiyasi prezidentining qaroriga ko‘ra, o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Vadim Skorovarov 2016 yilning 5–21 avgust kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashish huquqini beruvchi yo‘llanmaga ega bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vadim Skorovarov Kuvayt hamda Hindistonda bo‘lib o‘tgan hamda Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmalari o‘ynalgan Osiyo saralash musobaqalarida ishtirok etib, VP-6 (pnevmatik miltiq) mashqida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan edi. Shu sabab, Xalqaro o‘q otish federatsiyasi Vadim Skorovarovga Olimpiada o‘yinlarida qatnashish huquqini beruvchi yo‘llanmani taqdim etishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Olimpiada o‘yinlariga boradigan o‘zbekistonlik sportchilar soni 56 nafarga yetdi.

Ko‘proq yangiliklar: