Turkiya prezidenti YeI bilan readmissiya haqidagi bitimni ratifikatsiya qildi

Jahon 15:31 / 19.05.2016 3395

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an YeI bilan imzolangan readmissiya haqidagi bitimni ratifikatsiya qildi, u Shengen mintaqasi bilan vizalarni beor qilish uchun zarur edi. Bu haqida TASS axborot agentligi ma'lum qildi. 

Bitim rasmiy hukumat axborotnomasida e'lon qilingandan so‘ng kuchga kiradi.

Parlament tomonidan tasdiqlangan qonun YeI va Turkiya tomonidan ushbu hududlarda noqonuniy yashovchi shaxslarning topshirilishini ko‘zda tutadi. Shuningdek, bu jarayon bilan bog‘liq masalalarni hal qilish uchun readmissiya bo‘yicha qo‘shma qo‘mita tuziladi.

Mazkur bitim viza rejimining olib tashlanishi uchun asos bo‘ladi. 18 martda Bryusselda o‘tkazilgan Turkiya-YeI sammitida erishilgan bitimga muvofiq joriy yilning 1 iyulida vizalarni bekor qilish ko‘zda tutilgan edi. 

3 may kuni Turkiyada Shengen mintaqasidagi davlatlar uchun vizaviy cheklovlarning bekor qilinishi haqidagi qonun kuchga kirdi. Biroq qarorning matnida "Yevroittifoq Turkiya fuqarolari uchun  vizani bekor qilgan vaqtdan boshlab" bunday chora ko‘rilishi qayd qilingan. Turkiya Yevropa tomonidan ilgari surilgan 72 mezondan beshtasini bajarmagani tufayli YeI hozircha viza erkinligini to‘xtatib qo‘ydi.

Xususan, Bryussel Anqaradan terrorizm bilan kurash haqidagi qonunning qayta isloh qilinishini talab qilmoqda. Turkiya esa  mamlakatda o‘sib borayotgan ekstremizm xavfi bilan faol kurashayotgan bir paytda qayta isloh qilish qonunchilikni yumshatishini bildirib, buni inkor etgan. 

Turkiyaning YeI ishlari vaziri Vulqon Bo‘zqir YeI rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng vizalarni bekor qilish masalasining ijobiy hal bo‘lishiga katta umid bog‘lamasligini aytdi.

Ko‘proq yangiliklar: