Tramp A320 halokatini "O‘rta Yer dengizi" terakti sifatida baholadi

Jahon 20:02 / 19.05.2016 4290

AQSh prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan milliarder Donald Tramp EgyptAir aviakompaniyasining A320 rusumli samolyoti O‘rta Yer dengizi hududida qulab tushishini navbatdagi terakt amalga oshirilishi sifatida baholadi. Bu haqda u o‘zining tvitterdagi sahifasida yozgan.

"Bu voqeaga navbatdagi terakt sifatida qarayman. Samolyot Parijdan parvoz qilgandi. Qachon biz o‘zimizni bu muammoga nisbatan keraklicha tutamiz? Bunga aql bilan qarash kerak va ogohlikni unutmaslik lozim", deya qayd etgan Tramp.

Bundan oldinroq, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov ham bu hodisa terakt tufayli sodir bo‘lgani ehtimoli haqida gapirib o‘tgandi.

Parijdan Qohiraga parvozni amalga oshirgan EgyptAir samolyoti O‘rta Yer dengizi hududida, Gretsiya havo hududidan Misr havo hududiga o‘tganida dengizga qulagan. Uning bortida jami 66 kishi bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: