Samarqandlik 8 yoshli musiqachi Ispaniyadagi tanlovda g‘olib bo‘ldi

Jamiyat 14:23 / 19.05.2016 4275

Samarqandlik 8 yoshli Isfandiyor Mahmudov yosh musiqachilarning Ispaniyada bo‘lib o‘tgan "Sea Sun festival" xalqaro tanlovida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Samarkandskiy Vestnik xabar qildi. 

"Festivalda dunyoning 13 mamlakatidan 300 nafarga yaqin yosh musiqachilar o‘z mahoratlarini namoyish etdi. Eng yosh ishtirokchi sifatida Isfandiyor qo‘lga kiritgan ushbu yutuq nafaqat biz, balki u tahsil olayotgan 23-umumta'lim maktabi jamoasi, ota-onasi, tengdoshlari ko‘ngliga faxr-iftixor tuyg‘ularini singdirdi", deydi Bulung‘ur tumanidagi 9-son bolalar musiqa va san'at maktabi direktori Sherbek Yormatov.

Ifandiyorning gitarada ijro qilgan – dunyoning mashhur kompozitorlari tomonidan bastalangan "Vals", "Blyuz" musiqiy asarlari tomoshabinlar olqishiga, jahon musiqa san'ati namoyandalari e'tirofiga sazovor bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: