Rossiya FXX: MDH maxsus xizmatlari Afg‘onistondagi vaziyat tufayli qo‘shimcha choralar qabul qilishadi

Jahon 07:43 / 19.05.2016 6552

MDH davlatlari maxsus xizmatlari Afg‘onistonda avj olayotgan vaziyat tufayli qo‘shimcha xavfsizlik choralari ishlab chiqishadi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining (FXX) jamoatchilik bilan aloqalari markazida TASS axborot agentligiga ma'lum qilinganidek, bu masala MDHga a'zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining navbatdagi – 40-yig‘ilishida ko‘tariladi. Bu yig‘ilish bugun, 19 mayda Minskda bo‘lib o‘tadi. 

"Yig‘ilishda asosiy e'tibor MDHdagi vaziyatni muhokama qilish va baholashga, uning terrorchilik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi hamkorligining samaradorligini oshirish bo‘yicha masalalarni hal qilish kontekstidagi rivojlanishi prognoziga qaratiladi", deyilmoqda markaz xabarida.

"Afg‘oniston hududidagi vaziyatni hisobga olib, MDH davlatlari xavfsizligiga xalqaro terrorchilik tashkilotlari tomonidan solinayotgan tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha choralarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda", deyilmoqda xabarda.

Yig‘ilish davomida MDH aksilterrorchilik markazi rahbari MDH davlatlarining terrorchilik va ekstremizmning boshqa zo‘ravonlik ko‘rinishlariga qarshi kurashish bo‘yicha 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan dasturining bajarilishi va markazning 2015 yilda bajargan ishlari natijalari bo‘yicha hisobot beradi.

Ko‘proq yangiliklar: