Chikagodagi Shimoli-G‘arbiy universitet olimlari yorqin rang metabolizm jarayonini tezlashtirishini aniqladi. Tadqiqot matni bilan PLoS ONE ilmiy jurnalida tanishish mumkin.
Olimlarning xulosasiga ko‘ra, yorqin yorug‘lik insonda insulinorezistentlik xavfi – endogen yoki ekzogen insulinga nisbatan metabolik javobning buzilish xavfini oshiradi. Ushbu holat qon plazmasida insulinning ajralishini oshiradi. Bundan tashqari, yorqin nur qonda glyukoza darajasini ko‘payishiga olib keladi.
"Bularning barchasi metabolizm jarayonining tezlashuviga olib keladi. Bundan xulosa qilish mumkinki, yorqin sun'iy nur ostida sutkaning qorong‘u paytlarida nout-bukdan foydalanishni xush ko‘radigan odamlar semizlikka ko‘proq moyil bo‘ladi", - izoh berdi tadqiqot mualliflari.
Olimlar metabolizm tezlashuvi yorqin va xira nur o‘rtasida aynan qanday bog‘liqlik borligini hozircha aniqlamaganlarini bildirdi.