«Barselona» hujumchisi Neymar kataloniyaliklar rahbariyati bilan shartnomasini uzaytirish borasida kelishuvga erishgan.
El Mundo Deportivo nashri ma'lumotiga ko‘ra, futbolchi 30 yoshigacha jamoada qolishi mumkin. Manbaning xabar berishicha, braziliyalik futbolchining yangi kelishuvi 2022 yilga qadar mo‘ljallangan bo‘ladi.
Bundan oldinroq, uning yangi shartnomasi muddati 2021 yilgacha bo‘lishi haqida xabar berilgandi.
«Barselona» rahbariyati Neymar bilan shartnomani 22 may kuni «Sevilya»ga qarshi kechadigan Ispaniya Kubogi finalidan so‘ng imzolashni rejalashtirgan.
Avvalroq Neymarning shartnomasi uzaytirilgach, uning tovon puli miqdori 190 million yevrodan 220 million yevroga oshishi haqida ma'lum qilingandi.
Neymarning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilgacha mo‘ljallangan.