Misr bosh vaziri Sharif Ismoil EgyptAir aviakompaniyasining MS804 reysini amalga oshirish vaqtida O‘rta Yer dengizida qulab tushgan A-320 rusumli samolyoti halokatiga terakt sodir etilishi sababligi bo‘yicha ehtimolni istisno qilmagan.
Misr hukumati rahbari bu fikrni jurnalistlarning savollariga javob qaytarish chog‘ida aytgan.
"Hozircha samolyot qulashining sabablarini aytishga erta. Terakt sodir etilgani bo‘yicha ehtimol ham istisno qilinmaydi", degan u.
Parijdan Qohiraga uchayotgan samolyot Gretsiya havo hududiga kirgandan 20 daqiqa o‘tib, radarlardan g‘oyib bo‘lgan. MS804 reysi bortida 56 nafar yo‘lovchi (ulardan uch nafari bola) va o‘n nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan.
Al Mayadeen telekanali EgyptAir aviakompaniyasidagi manbasiga tayanib samolyot O‘rta Yer dengiziga qulaganini ma'lum qildi.
Misr fuqarolik aviatsiyasi vazirligi EgyptAir kompaniyasining A320 samolyoti halokatga uchraganini rasman tasdiqladi.