Minglab muhojir bolalar Yevropada odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi kishilar qo‘liga tushgan

Jahon 18:38 / 19.05.2016 5705

Yevrokomissiyaning odam savdosi muammolariga bag‘ishlangan ma'ruzasiga ko‘ra, jinoyatchi guruhlar o‘z biznesini faollashtirish uchun muhojirlik inqirozidan foydalanayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Guardian nashri xabar yozgan

Jinoyatchilik tizimlari natijasida minglab muhojir bolalar sotib yuborilgan bo‘lishi mumkin. Yanvar oyida 10 ming bola Yevropaga kelgandan so‘ng yo‘qolgan. Germaniya 4700 nafar bolaning yo‘qolganini ma'lum qildi, Shvetsiyada esa haftasiga 10 nafar qarovsiz bola g‘oyib bo‘lmoqda. 

Rasmiy ma'ruzada bildirilishicha, uyushgan jinoyatchi guruhlar asosiy diqqatini bolalarga qaratgan. Olti oydan boshlab 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar 4 ming yevrodan 8 ming yevrogacha bo‘lgan qiymatda sotilmoqda va sotib olinmoqda, ba'zi holatlarda ular 40 ming yevrogacha pullanadi. 

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, YeI hukumati 2013-2014 yillarda 15 846 nafar odam savdosi qurbonlarini qayd etgan, shu jumladan ularning 2375 nafari bolalar, biroq ma'ruza mualliflari qurbonlar soni  aslida bundan ko‘pligiga shubha qilishmaydi. Ularning uchdan ikki qismi jinsiy qullikka topshirilgan, taxminan beshdan bir qismi majburiy mehnat bilan band, aksariyat hollarda ular qishloq xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatishadi.

Bundan tashqari, qurbonlar uy qulligiga ham topshirilib, majburan sadaqa so‘rash bilan shug‘ullanishadi. 

Bundan avvalroq, 2015 yil Germaniyada 6 mingdan ortiq voyaga yetmagan qochoqlarning yo‘qolgani haqida xabar berilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: