Mehnat vazirligi hamkorligida "Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi" o‘tkaziladi

Jamiyat 11:14 / 19.05.2016 9845

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK Departamentining Toshkent shahar boshqarmasi, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan 2016 yilning 22-23 may kunlari soat 09:00dan 17:00gacha “Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkaziladi.

Yarmarkada 400ga yaqin korxona va tashkilotlar o‘zlarining 5000dan ortiq bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan qatnashadi.

Bundan tashqari, tadbirda ishtirok etadigan ko‘plab tijorat banklari o‘z biznesini boshlash istagida bo‘lganlarga imtiyozli kreditlar berish bo‘yicha sodda va qulay biznes rejalarini taqdimot qilishadi. 

Qo‘shimcha ma'lumotlarni mehnat.uz saytidan va quyidagi telefon raqamlari orqali olish mumkin:
(0 371) 239-13-61 va (0 371) 254-11-03

Ko‘proq yangiliklar: