Xitoylik magnat Angliyaning "Aston Villa" jamoasini xarid qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Ma'lum qilinishishcha, bu orqali Xitoyning materik qismida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar orasida ilk marta mamlakat hududidan tashqaridagi sport jamoasi sotib olinishi bo‘ladi.
Bu xarid Recon Group guruhining direktorlar kengashi rahbari Sya Tszyanton tomonidan amalga oshiriladi.
"Aston Villa"ning amerikalik xo‘jayini Rendi Lerner muvaffaqiyatsiz mavsumdan keyin jamoani sotishga qaror qilgan. Jamoa joriy mavsumda APLdp 20-o‘rinni qo‘lga kiritdi va chempionshipga tushib ketdi.
Sya jamoani 75 mln funtdan 100 mln funtgacha baholagan. Uning qancha miqdordagi mablag‘ to‘lashi jamoa keyingi mavsumda APLga qaytishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar qaytsa, 100 mln, qaytmasa 75 mln funt mablag‘ to‘lanadi.
Shuningdek, tadbirkor jamoani kuchaytirish uchun 30-40 mln funt sarflashini aytgan. Qolaversa, jamoaga tajribali murabbiy jalb etilishi va'da qilingan.
"Aston Villa"ni sotib olishga da'vogarlar orasida hongkonglik tadbirkor Karson Yon nomi ham keltirilgan.
«Aston Villa» hafta oxiriga qadar 60 mln funtga sotib yuborilishi mumkin