Amerika biznesi namoyondalari AQSh prezidenti postida respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampdan ko‘ra, AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klintonni ko‘rishni istashadi. Bu haqda o‘z tadqiqoti natijalariga tayanib Financial Times nashri xabar qildi.
Ma'lum bo‘lishicha, nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash Klinton foydasiga ikkiga bir nisbatda. Odatda respublikachilarni qo‘llab-quvvatlovchi biznesmenlarning yarmi, Klintonga bir qator e'tirozlari bo‘lishiga qaramay, bu safar ovozlarini demokratga berishga tayyor.
Respondentlarning to‘rtdan birigina Trampni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Tramp o‘zining prezidentlik kampaniyasini yuritish davomida biznes to‘g‘risida keskin qarashlarini bir necha bor bildirgan. Masalan, u qator savdo bitimlarini bekor qilish va importga jarima tariflarini kiritishni taklif etgan. Biznesmenlar uning korporativ soliqlarni maksimal stavkani 39 foizdan 15 foizga kamaytirish rejasinigina qo‘llab-quvvatlamoqda.
Cisco, General Electric va Procter & Gamble kabi kompaniyalar manfaatlarini ifoda etuvchi Bill Raynsh, Klinton uning mijozlari uchun kamroq ziyon keltirishini bildirdi.
“Salbiy so‘zlar bilan fikrimni ifodalashni yomon ko‘raman, lekin qolgan ikki nomzod rostdan ham dahshatli”, - dedi Raynsh Tramp hamda Berni Sandersni nazarda tutib.