Farg‘ona amfiteatrida bo‘lib o‘tgan “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” yoshlar festivali gala-konsert bilan yakunlandi

O‘zbekiston 11:40 / 19.05.2016 14787

Qalbda shukronalik zohir

Tantanali ravishda boshlangan gala-konsert dasturida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev hamda “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Sarvar Ashurov mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, erishilayotgan yutuqlar va oldinda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida so‘zladilar.
“Biz buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostidagi yoshlar festivalini yuqori saviyada o‘tkazishda xizmat qilgan bir qator tashkilotlar taqdirlandi. Jumladan, “Kamolot” YoIH Farg‘ona viloyati Kengashiga Damas avtomashinasi taqdim etildi.

Shundan so‘ng xonanda Otabek Muhammadzohid o‘zining vatanni madh etuvchi “Tantana” qo‘shiG‘i bilan gala-konsertning badiiy qismini boshlab berdi.

Chet ellik mehmonlar hayrati

Minglab Farg‘ona yoshlarining quvonchiga sherik bo‘layotgan chet ellik sayyohlar xonandalarimizning taronalariga mazza qilib raqsga tushishmoqda.

Go‘zal tabiat, vaqti-vaqti bilan yog‘ib turgan mayin yomG‘ir mehmonlarni yanada zavqlantirdi. Ushbu lahzalar nafaqat farG‘onalik yoshlarning, balki turli davlatlardan tashrif buyurgan sayyohlarning ham xotirasida eng yorqin taassurotlar bilan muxrlanishi shubhasiz!

Rashid Xoliqov, Sevinch Mo‘minova, Ilhom Farmonov, Asilbek Negmatov, Lola, Shahlo Rustamova, Qilichbek Madaliyev, Alisher Uzoqov, Farhod va Shirin, Aziz Rajabiy, Mashhurbek Raimjonov, Sayyora Mamatqulova, Saida, Bekzod Bahromov, Asliddin Do‘stov, “Surxon” guruhi, Umar Shamsiyev, Muzaffar Mirzarahimov, Abdujalil Qo‘qonov, Nuriddin Asqarov, Dilorom Abduazizova kabi xonandalarning Vatan, do‘stlik, mehr-muhabbatni madh etuvchi taronalari barchani raqsga chorladi. 

Dastur davomida O‘zbekiston xalq artistlari Baxtiyor Ixtiyorov, Aziza Begmatova, O‘zbekiston xalq shoirlari Iqbol Mirzo, Anvar Obidjon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artislar Gavhar Zokirova, Xoshim Arslonov, Murod Rajabov, Matyoqub Matjonov, Begzod Muhammadkarimov, Isajon Sulton, teatr va kino aktyorlari Munavvara Abdullayeva, Otabek Mahkamov, Dilshodbek Kattabekov, Asadilla Nabiyev, Asqar Hikmatov, Feruza Normatova, Suhrob Xasanov, Muhammadsoli Yusupov, shoir, olim va faxrli yutuqlarga erishgan bir guruh yoshlarning ishtiroki ham Farg‘ona yoshlariga quvonch baG‘ishladi.

Kontsert yakunidagi O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovaning “Biz buyuk yurt farzandlarimiz!” qo‘shig‘i qalblarga buyuk ajdodlarga munosib avlod bo‘lish zarurligi, tinchligimizni yanada mustahkamligini ta'minlashda har birimiz mas'ul ekanligimizni yana bir bor jo qildi.

Ha, yurtimizda har kuni bayram! Xalqimiz aytganidek: “Tinch yurtga bayramlar yarashadi!”.

Ko‘proq yangiliklar: