Futbol bo‘yicha Fransiya maydonlarida o‘tkaziladigan 2016 yilgi Yevropa chempionati vaqtida Parij shahridagi Eyfel minorasining bir qismi yashash joyi vazifasini o‘taydi.
AP nashri xabariga ko‘ra, minorada tayyorlanadigan noodatiy turargohda yashash imkoniyatini qo‘lga kiritadigan 4 kishini aniqlash uchun tanlov bo‘lib o‘tadi.
"Yevropa chempionati Parijni reklama qiladi. Bu shahar uchun muhim. Parijliklar sayyohlar shaharga kelishda davom etishini va bu yerda o‘zlarini qulay his qilishlariga amin bo‘lishlarini istashadi", deydi tanlovni tashkillashtirgan HomeAway kompaniyasi rahbari.