Buyuk Britaniyada YeI mamlakatlaridan kelgan muhojirlar soni 2 milliondan oshdi

Jahon 16:24 / 19.05.2016 2845

Buyuk Britaniyada faoliyat olib boruvchi Yevroittifoq mamlakatlaridan kelgan muhojirlarning soni yangi rekord darajaga, ya'ni 2,1 million kishiga yetdi. Bu to‘g‘risida The Financial Times gazetasi xabar berdi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, 2013 yildan beri Yevroittifoqqa a'zo mamlakatlardan kelayotgan xorijiy ishchi kuchi shiddat bilan o‘sib bormoqda, bugunga kelib bunday ishchilar soni Birlashgan Qirollikda mehnat qiluvchi jami ishchilarning 6,8 foizini tashkil etadi.

"Haqiqat shundaki, britaniyaliklarning maoshi kam, ishsiz qolganlar esa nazorat qilinmaydigan muhojirlik oqibatlarini boshdan o‘tkazishmoqda", - dedi konservator va sobiq mehnat vaziri Ian Dankan Smit.

Uning so‘zlariga ko‘ra, britaniyaliklar "ish joyi uchun millionlab muhojirlar bilan raqobatlashishga majbur", mehnat bozorida taklifning o‘sishi esa qirollik fuqarolarining "daromadlariga ta'sir ko‘rsatmoqda".

Referendum arafasida Buyuk Britaniyaning bundani keyingi YeIga a'zoligi masalasi bo‘yicha bunday statistik ma'lumotlar yevroskeptiklarning agitatsion kampaniyasiga qo‘l kelishi mumkin, chunki ular mamlakat va uning ijtimoiy institutlari Yevroittifoqdan kelayotgan muhojirlar oqimiga bas kela olmayotganiga ishora qilishadi. 

Ijtimoiy fikrlar ham turlicha bo‘lib, referendum yakuni oxir-oqibat qanday bo‘lishiga aniq bir javob olinmadi, biroq bu masalada britaniyaliklar teng ikkiga bo‘lingani sir emas: kimdir Bryussel bilan aloqalar uzilishi natijasida moliyaviy vaziyat yomonlashuvidan qo‘rqsa, boshqa tomon Birlashgan Qirollikda YeI mamlakatlaridan immigratsiyani qisqartirishga jamiyatga a'zolikni tugatish orqaligina erishish mumkinligiga ishonadi. 

Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqida qolishi masalasini ko‘rib chiquvchi referendum 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: