Yaponiya shimolidagi orolda bir oyda 1,5 mingtadan ortiq zilzila qayd etildi

Jahon 11:24 / 19.05.2016 2793

Yaponiyaning Kyusyu oroli janubi-g‘arbiy qismida 14 aprel kuni bo‘lib o‘tgan kuchli yer osti silkinishlaridan so‘ng bir oy davomida magnitudasi 1 balldan ortiq, inson his qilishi mumkin bo‘lgan darajadagi 1,5 ming martadan ortiq zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda seysmologik xizmatlarni ham amalga oshiruvchi milliy Meteorologik boshqarma ma'lumotiga asoslanib TASS xabar qildi. 

Ushbu hududda seysmologlar kundan kunga tobora kamroq yer osti silkinishlarini qayd etayotgan bo‘lsada, yuqori seysmik faollik saqlanib qolmoqda. Taxminan 10 ming kishi hamon evakuatsiya punktlarida qolmoqda. Chunki ularning uylariga jiddiy ziyon yetgan va ularga qaytish xavfli. 

Kyusyu orolida birinchi yer osti silkinishlari seriyasi 14 aprel kuni boshlangan. O‘shanda eng kuchli zilzila magnitudasi 6,5ga yetgan. Keyingi kun magnitudasi 7,3ga yetadigan kuchliroq yer silkinishlari sodir bo‘ldi. Natijada ko‘chkilar va uylarning vayron bo‘lishi oqibatida 49 kishi halok bo‘ldi, 340dan ortiq kishi og‘ir jarohat oldi. Yana 19 kishi evakuatsion punktlarda kasalliklarning og‘irlashuvidan nobud bo‘ldi. 

Hukumat ma'lumoti bo‘yicha Kumamato – eng ko‘p aziyat chekkan prefektura bo‘ylab 35 ming bino qisman yoki butkul vayron bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: