AFP: Frantsuz kontrrazvedkasi IShIDning Fransiyada yangi xurujlarni tayyorlayotganidan ogoh etmoqda

Jahon 10:59 / 19.05.2016 2697

Fransiya IIV ichki xavfsizlik bosh boshqarmasining bayonot berishicha, IShID terrorchilik guruhi jangarilari Fransiya hududida yangi terroristik xurujlarni amalga oshirishga hozirlik ko‘rmoqda, deb xabar qilmoqda AFP agentligi.

"IShID guruhi hududimizga kirishni qulaylashtirish maqsadida mahalliy jangchilarini safarbar etish bilan yangi terrorchilik aktlarini sodir etishni rejalashtirayotgani va Fransiya yana g‘alamislar nishoni bo‘lganidan xabarimiz bor", - deya fransuz kontrrazvedkasi rahbari Patrik Kalvar so‘zlarini keltiradi agentlik. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya IShID va "Al-Qoida"ning eng ko‘p tahdidiga uchrayotgan davlat hisoblanadi. 

Agentlikning qayd etishicha, Fransiya Milliy yig‘ilishining milliy xavfsizlik va qurolli kuchlar komissiyasi oldida chiqish qilgan edi. Hujjat matni esa, 18 may kuni e'lon qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: