Afg‘onistonda jangarilarning navbatdagi hujumi oqibatida kamida 8 nafar politsiyachi halok bo‘lgan. Bu haqda Tolo News xabar tarqatdi.
Ma'lum qilinishicha, politsiyachilar libosini kiygan jangarilar Kobul-Qandahor avtotrassasida politsiyachilarga qarata o‘t ochishgan.
Hozircha bu hujum uchun javobgarlikni hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmadi.