Afg‘onistonning G‘ilmon viloyatida Ozarbayjonning Silk Way aviakompaniyasi tomonidan ijaraga olingan An-12 rusumli yuk samolyoti falokatga uchragan. Ozarbayjon fuqarolik aviatsiyasi ma'muriyatiga asoslanib Trend agentligining xabar berishicha, bu samolyot mamlakat ichkarisida yuk tashish bilan shug‘ullangan.
Toshkent vaqti bilan 18 may kuni soat 19:30da Dvayver aeroportidan havoga ko‘tarilgan samolyoti halokatga uchragani haqida ma'lumot berildi.
Ma'lum bo‘lishicha, bu samolyot ekipaji xorijiy mutaxassislardan iborat bo‘lgan, uning tarkibiga O‘zbekiston fuqarosi (kapitan), 3 nafar ukrainalik va 5 nafar ozarbayjonlik kirgan.
Ozarbayjon fuqarolik aviatsiyasi ma'muriyati bu hodisani tekshirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzgan. Ayni vaqtda Afg‘oniston hukumati bilan bu borada hamkorlik qilinishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda.