2016 yilning 4 oyi davomida xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga aloqador 1898 ta ariza va shikoyatlar ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston 15:46 / 19.05.2016 3478

2016 yil 19 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan “2016 yil yanvar-aprel oylarida aholini ish bilan ta'minlash, mehnat va mehnat huquqi muhofazasi hamda boshqa masalalar yuzasidan Mehnat vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar” mavzusida videoselektor ko‘rinishidagi matbuot anjumani o‘tkazildi. 

2016 yilning 4 oyi davomida jami 2212 ta, jumladan, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida 183 ta; vakolat doirasida byudjyetdan moliyalanadigan korxonalarga 608 ta, huquq tartibot idorlari bilan hamkorlikda 508 ta hamda nazorat tartibida va boshqa masalalarda 875 ta tekshiruv o‘tkazilgan. Shu bilan birga jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik yurituvchi sub'yektlariga aloqador 1898 ta ariza va shikoyatlari ko‘rib chiqilgan, shundan 985 tasi qanoatlantirilgan. Mazkur holatlar yuzasidan ish beruvchi mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli ta'sir choralari qo‘llash orqali 887 ta fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklangan. 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Davlat mehnat texnik ispektorlar tomonidan respublika bo‘yicha 804 ta korxona va tashkilotlarda o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan 804 ta berilgan yozma ko‘rsatmalarning 750 tasi (92,2 foiz)ga korxona va tashkilotlardan yozma ko‘rsatmalar ijrosi borasida javoblar olingan. Mehnat qonunchiligi va mehnatni muhofaza qilish qoida va me'yorlariga amal qilinmaganligi uchun 681 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan ma'muriy jarimalar qo‘llanilgan. 

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2009 yil 6 martdagi majlisning 1-sonli bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yil o‘tgan davr davomida profilaktika ishlarini olib borish maqsadida 2098 ta tadbirkorlik sub'yektlarida bevosita joylarga chiqilib tushuntirish ishlari olib borildi va 566 ta seminarlar o‘tkazildi va bu seminarlarda 12189 nafar tadbirkorlik sub'yektlari vakillari qatnashgan hamda 144  marta ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar uyushtirilib, tegishli tavsiyalar berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: