UYeFA prezidentligi uchun saylov sentabrda bo‘lib o‘tadi

Sport 18:14 / 18.05.2016 2088

UYeFA rahbarligi uchun saylov shu yilning sentabr oyida Afina shahrida bo‘lib o‘tadi. Ungacha tashkilotni UYeFAni vitse-prezidenti Anxel Mariya Vilyar boshqarib turadi. Bu haqda TASS agentligi UYeFA bosh kotibligi vazifasini vaqtinchalik bajarib turgan Teodor Torosidisga asoslanib xabar tarqatgan.

Bu ma'lumot Bazelda bo‘lib o‘tayotgan UYeFA majlisi vaqtida aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, tashkilot prezidenti Mishel Platini korruptsion mojaro tufayli o‘tgan yil oxirida futboldagi faoliyatidan 8 yilga chetlashtirilgandi va u lavozimini tark etgandi. Keyinchalik bu cheklov 4 yilga kamaytirildi.

Ko‘proq yangiliklar: