Turkiya TIV rahbari Anqara va IShID aloqadorligi isbotlansa iste'foga chiqishini bildirdi

Jahon 17:56 / 18.05.2016 5711

Turkiya TIV rahbari Mavlyut Chovusho‘g‘lining ma'lum qilishicha, u agar rasmiy Anqara va IShID o‘rtasidagi aloqadorlik haqidagi xabarlar tasdiqlansa, iste'foga chiqadi.

U shu orqali Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning Suriya va Turkiya chegarasidagi katta hudud "Anqaraning roziligi" bilan IShID tomonidan nazorat qilinayotgani haqidagi gapiga munosabatini bildirgan. U bu gaplarini Vena shahrida Suriya muammosiga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tgan.

"Siz janob Lavrov, bugungi majlisimizdagi eng jiddiy diplomatlardan birisiz. Shuning uchun, bu turfa gaplar sizga yarashmaydi. Agar Rossiya IShIDning Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi haqida birgina dalil keltira olsa, men iste'foga chiqishga tayyorman. Agar bunday fikrda bo‘lmasangiz, hamisha Antalyada ardoqli mehmonimiz bo‘ling", degan u.

Ko‘proq yangiliklar: