Turkiya qiruvchi samolyotini urib tushirgan grek uchuvchisi uchun umrbod qamoq jazosi talab qilmoqda

Jahon 16:44 / 18.05.2016 6603

Turkiya prokuraturasi 1996 yili Egey dengizi osmonida Turk harbiy havo kuchlarining F-16 qiruvchi samolyotini urib tushirgan Tanos Grivas uchun ikki umrbod qamoq jazosi tayinlashni so‘ramoqda. "T24" telekanalining xabar qilishicha, Respublika hukumati rasmiy Afina Grivasni ushlashiga umid bildirmoqda. 

Prokuratura Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi taqdim etgan materiallarni diqqat bilan o‘rganib, Grivas "qasddan qotillik sodir etish", "davlat suverenitetini zaiflashtirishga qaratilgan harakatlar " va "davlat mulkini yo‘q qilish" kabi moddalar bo‘yicha javobgarlikka tortilishi mumkin, degan xulosaga kelgan edi. 

O‘sha voqeada turk uchuvchisi Nail Erdo‘g‘an halok bo‘lgan, ikkinchi uchuvchi Usmon Chichekli katapulta qilishga ulgurgandi. Erdo‘g‘an jasadi va F-16 qulagan joyni aniqlash imkoni bo‘lmagan. 

Chichekli samolyotga raketa uchirilgani xaqida ma'lum qilgan edi. Uning ta'kidlashicha, bu voqea xalqaro havo kengliklarida, ikki mamlakat samolyotlari o‘rtasida havo jangi mashqlari bajarilayotganda amalga oshirilgan. Bunday "janglar" Egey dengizi osmonida tez-tez sodir bo‘lib turishiga qaramay, o‘q uzish yoki zarba berish bilan yakunlanmaydi. 

Halok bo‘lgan uchuvchi oilasi advokatining aytishicha, Grivas ustidan sud sirtdan bo‘lib o‘tadi. Rasmiy Anqara esa, grek hukumatining ikki davlat o‘rtasida huquqiy hamkorlik kelishuvi asosida uchuvchini qo‘lga olishini kutib qoladi.  Bundan tashqari, Grivasning ismi-sharifi Interpol tomonidan qidirilayotgan ro‘yxatga ham qo‘shiladi.

Ko‘proq yangiliklar: