Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon BMTning suv masalalari bo‘yicha guruhiga 1 yil davomida rahbarlik qiladi. Bu haqda Tojikiston milliy axborot agentligi bo‘lmish "Xovar" xabar tarqatgan.
Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy-ijtimoiy komissiya (ESKATO)ning 72 sessiyasida tashkilotga raislik uchun Tojikiston prezidenti tavsiya etilgan.
1947 yilda tashkil qilingan tashkilot mintaqadagi ijtimoiy va iqtisodiy muammolar bilan shug‘ullanadi.
"Ijrochi direktor Axtar Shamshod o‘z chiqishida Emomali Rahmonni BMTning suv resurslari bo‘yicha guruhi rahbariga aylangani bilan tabrikladi. U Tojikistonning mintaqada suv resurslaridan omilkorlik bilan foydalanilishini yo‘lga qo‘yganini ta'kidladi", deyilgan xabarda.
ESKATO tarkibiga 53ta a'zo davlat va BMT a'zosi bo‘lmagan 9ta assotsiyalangan a'zolar kiradi.