Toshkentda "O‘zbekiston neft va gazi - OGU 2016" ko‘rgazmasi boshlandi

O‘zbekiston 15:53 / 18.05.2016 8995

Bugun, 18 may kuni Toshkentda "O‘zbekiston neft va gazi - OGU 2016" xalqaro ko‘rgazmasi ochildi. Unda 26ta mamlakatdan 200ga yaqin kompaniya o‘z mahsulot va xizmatlarini namoyish qiladi.

19-20 may kunlari OGU - 2016 faoliyati doirasida "O‘zbekistonning neft va gaz sektori: texnologiyalar, investitsiyalar va taraqqiyot" nomli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. 

Ishtirokchilar qatoridan "Jackco Te", "Honeywell UOP", "LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani" kompaniyalarining ekspertlari o‘rin egallagan. 

Konferetsiyaning birinchi spikerlari - Xalqaro gaz ittifoqi bosh kotibi Pol Rasmussen va Yevrokomissiyaning energetika bo‘yicha rais birinchi o‘rinbosari Marosh Shefchovich.

Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar - neft-gaz loyihalarini amalga oshirishda xalqaro hamkorlikning tutgan o‘rni, 2016-2020 yillarda O‘zbekistonning neft-gaz sohasi rivojlanishidagi ustuvor yo‘nalishlar, gaz xalqaro bozorining taraqqiyot tendensiyalari.

Xalqaro forumda O‘zbekiston, Xitoy, AQSh, Janubiy Koreya, Singapur, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Chexiya, Norvegiya, Avstriya, Shveytsariya, Rossiya, Bolgariya, Polsha, Ruminiya, Turkiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Eron, Umon, Indoneziya, Malta kabi davlatlardan 200 dan ortiq kompaniya o‘z mahsulotlari va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda.

“O‘zekspomarkaz” pavilonlaridan neft va gaz qazib olish, qayta ishlashni jadallashtirish imkonini beradigan zamonaviy texnologiyalar joy olgan. Jahonning yetakchi neft-gaz kompaniyalari neft va gazni tashish texnologiyalari, neft-gaz konlarini qidirish va o‘zlashtirish, geodinamika, geofizika hamda uglevodorod salohiyatiga oid ishlanmalar bo‘yicha o‘zlari erishgan eng so‘nggi yutuqlarni namoyish etmoqda.

Xalqaro ko‘rgazmada neft va gaz qazib olish (texnologiyalar va uskunalar), neft va gaz quduqlari: qurish va foydalanish, neft va gazni qayta ishlash, saqlash va tashish, neft kimyosi, neft mahsulotlari ishlab chiqarish, neft va gaz sanoati inshootlarini loyihalashtirish va barpo etish, geologiya, geofizika, seysmik uskunalar va xizmatlar, quvurlar, gaz turbinalari, ixtisoslashtirilgan materiallar va uskunalar, nazorat-o‘lchov asboblari, texnika xavfsizligi hamda yong‘indan himoya, ekologik xavfsizlik, muqobil energetika, sanoat avtomatizatsiyasi, xizmatlar, aloqa va telekommunikatsiyalar kabi bo‘limlar ishlab turibdi.
Neft-gaz forumi doirasida «O‘zbekiston neft-gaz tarmog‘i: texnologiyalar, investitsiyalar va taraqqiyot» mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Unda mamlakatimiz neft-gaz sanoatining bugungi holati va rivojlantirish istiqbollari, uglevodorod bazasini kengaytirish omillari, sohadagi yangi tendensiyalar, O‘zbekiston neft-gaz sohasining sarmoyaviy salohiyati, bu boradagi xalqaro hamkorlik, muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalari va energiya samaradorligini oshirish usullari kabi dolzarb masalalar muhokama etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: