2016 yilning 20-22 may kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari tomonidan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitiga, Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishiga tayyorgarlik jarayoni hamda tashkilotga O‘zbekiston raisligi kun tartibining boshqa masalalari muhokama qilinadi.