«Chelsi» jamoasi Jon Terri klub bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda jamoaning rasmiy saytida xabar berilgan.
35 yoshli tajribali futbolchi bilan londonliklar jamoasining yangi shartnomasi 1 yil muddatga tuzilgan.
Bu qaror Terri, jamoaning yangi bosh murabbiyi Antonio Konte, jamoa xo‘jayini Roman Abramovich va rahbariyati vakillari ishtirokidagi uchrashuvdan keyin qabul qilingan.
Shu tariqa, keyingi mavsum Terrining «Chelsi»da o‘tkazadigan 22-mavsumi bo‘ladi, u 14 yoshidan buyon jamoa tizimida faoliyat ko‘rsatib keladi.