Samarqand shahridagi avtobuslarda yo‘l haqini jyetonlar orqali to‘lash joriy qilindi. Bu haqida «Samarkandskiy vestnik» nashri xabar bergan.
Shaharda jyetonlarni sotuvchi kassalar o‘rnatilgan. Kassa yakshanbadan tashqari har kuni ishlaydi.
Nashrning kassa xodimlari so‘ziga tayanib xabar berishicha, jyetonlardan foydalanish yo‘lovchilar o‘rtasida ommalashib ketgan.
Samarqand viloyati hokimi Zoir Mirzayev Samarqandda jyetonlarni jamoat transportlari uchun yo‘l haqi to‘lashning bir vositasi sifatida joriy qilish bo‘yicha qarorni 20 aprel kuni imzolagan edi.
Toshkentda yo‘l usti jamoat transportlarida yo‘l haqi to‘lovi uchun jyetonlardan foydalanish 2013 yilning 1 martidan joriy qilingan.