Platini sentabrdagi saylovgacha rasman UYeFA prezidenti bo‘lib qoladi

Sport 21:57 / 18.05.2016 3122

Mishel Platini UYeFAga (Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi) yangi prezident tayinlangunga qadar rasman tashkilot rahbari bo‘lib qolaveradi. 

"Platini UYeFAga yangi prezident tayinlangunga qadar tashkilot rahbari bo‘lib qoladi. U UYeFAdan ketmadi. Shu sababli, tashkilot saytida u prezidentligicha qoladi", deya UYeFAning huquq masalalari bo‘yicha bo‘limi direktori Alasder Bellaning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Shuningdek, UYeFA tomonidan FIFAga Platinining 2016 yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqishi bo‘yicha murojaat qilingani aytilgan.

9 may kuni Sport arbitraj sudining e'lon qilgan qaroridan so‘ng, Mishel Platini UYeFA prezidenti lavozimini tark etish istagini bildirgan edi.

Fransiyalik mutasaddi 2007 yildan buyon UYeFAni boshqarib kelmoqda. 2011 yilda FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter Mishel Platiniga 2 million Shveytsariya frankini noqonuniy ravishda o‘tkazib bergani uchun 2015 yilning dekabr oyida sakkiz yilga har qanday futbol faoliyatidan chetlashtirilgandi. Keyinchalik ushbu chetlashtirish olti yilga qisqartirildi. Shunday so‘ng, Platini Lozannadagi (Shveytsariya) Sport arbitraj sudiga (CAS) chetlashtirish muddatini qisqartirish bo‘yicha apellyatsiya bergandi. Uning apellyatsiyasi qisman qoniqtirildi – diskvalifikatsiya muddati 6 yildan 4 yilgacha, jarima miqdori 80 mingdan 60 ming yevrogacha qisqardi.

UYeFAning yangi prezidentligi uchun saylov 2016 yilning sentabrida Afina shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: