OAV: Luchesku "Zenit"ga bosh murabbiy bo‘lishi bo‘yicha muzokara o‘tkazadi

Sport 15:26 / 18.05.2016 2284

Donetskning "Shaxtyor" jamoasini uzoq yillardan buyon boshqarib kelayotgan murabbiy Mircha Luchesku keyingi haftada Rossiyaning "Zenit" jamoasi bilan shartnoma tuzish bo‘yicha muzokara o‘tkazishi kutilmoqda. Bu haqda Sport.ro xabar tarqatgan.

O‘tgan haftada 70 yoshli bu ruminiyalik mutaxassisning agenti Arkadiy Zaporojan TASS muxbiriga o‘tgan yilda ham rossiyaliklar klubidan taklif bo‘lgani haqida aytib o‘tgandi. Uning qayd etishicha, "Shaxtyor" rahbariyati bilan ham mavsum oxirida uchrashuv o‘tkazishi belgilangan.

Lucheskuning "Shaxtyor" bilan shartnomasi 2015/16 yilgi mavsum oxiriga qadar tuzilgandi. Luchesku "Shaxtyor"ni 2004 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvida jamoa Ukraina chempionatida 8 marta g‘olib bo‘lgan va 5 marta Ukraina Kubogini, shuningdek 6 marta Ukraina Superkubogini qo‘lga kiritgan. 2009 yilda "Shaxtyor" UYeFA Kubogida zafar quchgan.

"Zenit" jamoasi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash mavsum yakunida jamoadan ketishi bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qilgani haqida aytgandi. Sankt-peterburgliklar klubini boshqarishi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatorida chililik mutaxassis Manuel Pellegrini nomi ham bor. Shuningdek, ayni vaqtda Italiyaning "Fiorentina" jamoasida ishlayotgan portugaliyalik Paulu Souza ham Rossiyaga kelishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: