Navoiy viloyatida – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Ma'naviyat oiladan boshlanadi” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Jamiyat 18:54 / 18.05.2016 8197

Konferentsiyada viloyat hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Sadikova, viloyat “Oila” markazi direktori R. Narziyeva, Navoiy davlat pedagogika institutining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O. Qayumov, Navoiy shahar hokimi o‘rinbosari, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi viloyat vakili T. Ro‘ziyev, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Temirova, viloyat Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori F. Ro‘ziqulov, viloyat Ma'naviyat targ‘ibot bo‘limi mutaxassisi M. Mansurova, “Kamolot” YoIH mas'ul xodimlari, shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘inlarining diniy-ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha maslahatchilari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi, xalq ta'limi boshqarmasining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari qamrab olindi. 
Konferentsiyada ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Shu bilan birga jamiyatda oilaning o‘rni, undagi sog‘lom muhit, oila ma'naviyati xususida ma'ruzalar tinglandi. Konferentsiyada 150 dan ortiq ishtirokchilar ishtirok etishdi.

Ko‘proq yangiliklar: