Moskvadagi markaziy univermagni minalashtirilgani haqidagi ma'lumot o‘z tasdig‘ini topmadi

Jahon 15:44 / 18.05.2016 2055

Rossiya poytaxti Moskva shahridagi markaziy univermag minalashtirilgani haqidagi ma'lumot o‘z tasdig‘ini topmadi. Bu haqda markaziy univermag matbuot xizmati xabar bermoqda.

«18 may kuni Moskva shahrida markaziy univermag ochilishida politsiya xodimlariga terakt sodir etilishi ehtimoli to‘g‘risidagi ma'lumot kelib tushgan va odamlar evakuatsiya qilingan», — deyiladi ma'lumotda.

Ma'lum qilinishicha, Toshkent vaqti bilan 13:30 da politsiya xodimlari va kinologlar o‘z ishlarini yakunlashgan, univermagning barcha qavatlari ko‘zdan kechirilgan va xodimlar o‘z ish joylariga qaytishgan.
Ayni damda univermag odatiy tizimda ishlamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: