Microsoft korporatsiyasi Nokia brendi va uyali telefonlar biznesining HMD Global kompaniyasi hamda Foxconn korxonasiga sotilishi haqida ma'lum qildi.
Kelishuv doirasida Microsoft o‘z brendlari, servislari, dasturiy ta'minoti va xizmat tarmog‘ini FIH Mobile va HMD Global kompaniyalariga topshiradi. Shuningdek mazkur kompaniyalarga 4,5 ming xodim ishga o‘tadi. Bitim qiymati 350 million dollarni tashkil etadi.
Nokia brendi HMD Global bilan hamkorligi haqida e'lon qilib ulgurdi, u o‘z brendi sotida smartfon va planshetlar ishlab chiqarishni qayta tiklamoqchi. Bu qurilmalar Android boshqaruvi ostida faoliyat ko‘rsatadi.
Microsoft Windows 10 Mobile operatsion tizimi hamda smartfonlar ishlab chiqishni davom ettiradi. Korporatsiya shuningdek Lumia smartfonlarini qo‘llab-quvvatlashga yordam berdi.