Kiyev meri, sobiq bokschi Vitaliy Klichko "Yevrovideniye-2016" g‘olibasi Jamaladan unga iltifot ko‘rsatishni so‘radi. Katta Klichko ukasi Vladimir Klichkoning Tayson Fyuriga qarshi jangida Jamala Ukraina madhiyasini kuylab berishini istamoqda. Bu haqdagi ma'lumot Klichkoning saytida joylashtirildi.
"Sen Volodyaning Povetkin bilan Moskvadagi jangida madhiyani kuylaganding. Bu gal ham kuylab bersang ramziy ma'nodan juda soz bo‘lardi", deb iltimos qildi Klichko qo‘shiqchidan.
Eslatib o‘tamiz, Klichko-Fyuri jangi 9 iyulda Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi.