"Kamolot" YeIH "Yilning eng faol yosh jurnalisti" tanlovini o‘tkazadi

Jamiyat 18:14 / 18.05.2016 5765

O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi yosh jurnalistlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan “Yilning eng faol yosh jurnalisti” respublika tanlovini e'lon qiladi.

Tanlovda respublika ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan hamda tahririyatlar bilan yaqin hamkorlik qilayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan jurnalistlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyatini keng ochib berishi lozim.

Tanlovga materiallar 2016 yilning 1 noyabrigacha “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining hududiy kengashlarida qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumotlar (0-371) 241-02-72 telefon raqami hamda www.kamolot.uz saytida.

Ko‘proq yangiliklar: